“Buxoroneftgazparmalash” AJ Kuzatuv kengashi ichki audit xizmati rahbari lavozimiga ishga qabul qilishni e’lon qiladi.

Nomzodlarga qo’yiladigan talablar:
• O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida olingan oliy iqtisodiy ma’lumot;
yoki chet davlatning taʼlim muassasalarida va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasidagi taʼlimga tenglashtirilgan deb eʼtirof etilgan holda;
• oxirgi 10 yildan kamida besh yil davomida buxgalteriya hisobi, audit, moliyaviy yoki soliq nazorati sohasida amaliy ish tajribasi;
• amaldagi qonunchilikka muvofiq berilgan ichki auditor guvohnomasi;
• iqtisodiy jinoyatlar yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar uchun sudlanmagan;
• moliyaviy buxgalteriya hisobi, buxgalteriya hisobi, audit, moliyaviy yoki soliq nazorati sohasida tegishli xalqaro sertifikatlarning yoki ilmiy darajani tasdiqlovchi hujjatning mavjudligi;
• tegishli tavsiyalar/sharhlar mavjudligi;
• o’zbek va rus tillarini bilish.

Ichki auditning majburiyatlari:
• ichki auditni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.10.2006 yildagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan Korxonalarda ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizom va boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
• ichki auditni amalga oshirish jarayonida olingan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash;
• korxonaning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan zarar ko‘rganligini ko‘rsatuvchi faktlar aniqlangan taqdirda, bu haqda zudlik bilan kuzatuv kengashiga ma’lum qilish va auditorlik xulosasiga tegishli yozuv kiritish;
• aktivlarni xatlovdan o’tkazishda va uning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o’z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilishda ishtirok etish;
• «Buxoroneftgazparmalash» AJ Boshqaruviga «Buxoroneftgazparmalash» AJ tarkibiy tashkilotlarida ichki audit xizmatlari ishini tashkil etishda metodik va amaliy yordam ko’rsatish, shu jumladan mazkur xizmatlarga kadrlarni tanlash, ularning ishini muvofiqlashtirish, tekshirishlar (hisobotlar) natijalarini umumlashtirish va tahlil qilish;
• ichki audit xizmati majburiyatlarini amalga oshirish uchun joylarga borish (xizmat safarlari);
• qonun hujjatlariga va jamiyatning ta’sis hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar.
Nomzodlar rezyumeni va boshqa zarur hujjatlarni 2025-yil 10-iyunga qadar buhoro-ngp@mail.ru elektron manziliga yoki telegram +99893-960-32-88 (kantselyariya) yuborishlari kerak.
Tanlangan nomzodlar bilan asosiy ish joyida mehnat shartnomasi tuziladi. Ish haqi miqdori suhbatda belgilanadi.
Yuqoridagi talablarga javob beradigan nomzodlar «Buxoroneftgazparmalash» AJ Kuzatuv kengashi majlisida koʻrib chiqiladi.
Maʼlumot uchun aloqador shaxslar
«Buxoroneftgazparmalash» AJ aksiyadorlari bilan qimmatli qog’ozlar va korporativ munosabatlar bo’yicha menejeri, A.U. Ibragimova: +998-91-924-33-41.