Struktura

"Buxoroneftgazparmalash" AJ tashkiliy strukturasi

“Buhoroneftgazparmalash” AJ tuzilmasida sho‘ba va filiallar mavjud emas.

“Buxoroneftgazparmalash” aksiyadorlik jamiyatining tarkibiy tuzilmasiga o‘zgarish kiritilishi sababi bo‘yicha
TUSHUNTIRISH.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 4 oktabrdagi PF-178-sonli Farmoni bo‘yicha davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan jamiyatlarda boshqaruv organi xodimlarini 10 foizga kamaytirish, ishlovchilar sonini maqbullashtirish topshirig‘i berilgan edi. Bu borada jami davlat ulushi mavjud korxonalarga O‘zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi Buxoro viloyat boshqarmasining 2025 yil 20 noyabrdagi 4017/01-08-sonli xati yuborilib, jamiyat tarkibiy tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish topshirig‘i berilgan edi.

“Buxoroneftgazparmalash” AJ boshqaruvida mavjud ilg‘or mehnat standartlarini qo‘llash, xodimlarning optimal me’yoriy sonini aniqlash maqsadida jamiyatda amalda bo‘lgan tarkibiy tuzilmasini qayta ekspertiza qilish doirasida, ixtisoslashgan ekspert kompaniyasi “STANDART NORMATIV” MChJ bilan shartnoma tuzib, ushbu shartnoma asosida jamiyatning namunaviy tarkibiy tuzilmasi va mavjud ishlovchilar soni tahlil qilinishi borasida ishlar olib borildi.

Ushbu tahlil yakuni bilan ilg‘or va amalda bo‘lgan mehnat me’yorlarini hisobga olgan holda “Buxoroneftgazparmalash” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ishlab chiqarish va sanoat xodimlarining optimal soni va yangi tuzilmasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.