Dividendlarni to’lash to’g’risida aktsiyadorlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 6-maydagi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-370-son Qonunining 51-moddasi 4-bandiga asosan – Mulkdor yoki uning huquqiy vorisi yoki merosxo‘ri tomonidan talab qilinmagan dividendlardan davo qilish muddati o‘tgan, yani uch yildan oshgan dividend qarzdorligi, aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishining qarori asosida, jamiyat foyidasiga o‘tkazilishi belgilangan.

Hurmatli “Buxoroneftgazparmalash” AJ aksiyadorlari, sizdan 2017-2018-2019-2020 yillar uchun aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash uchun ariza taqdim etishingizni so‘raymiz.
Iltimos, siz bilan birga quyidagi malumot bo’lsin: INN, dividendlarni o‘tkazish uchun shaxsiy hisob raqami yoki bank rekvizitlari ko‘rsatilgan plastik karta.
Murojaat bilan Buxoro viloyati, Qorovulbozor shahri, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi-4, “Buhoroneftgazparmalash” AJ manziliga murojaat qiling.

E-mail: buhoro-ngp@mail.ru, info@bngp.uz
Aloqa telefoni: (0365) – 364-17-96; 0364-16-02: 93-960-71-79.

“Buhoroneftgazparmalash” AJ ma`muriyati