“Buxoroneftgazparmalash” Аksiyadorliк jamiyatining Aksiyadorlari diqqatiga!

Hurmatli “Buxoroneftgazparmalash” AJ aksiyadorlari Sizlarni 2019 yil 27 iyunda, soat 14.00 da, Buxoro viloyati, Qorovulbozor tuman, Buyuk Ipak Yo´li ko´chasi, 4-uy manzilida joylashgan “Buxoroneftgazparmalash” AJ ma´muriy binosida “Buxoroneftgazparmalash ” AJ aksiyadorlarining navbatdagi (yillik) umumiy yig´ilishi o´tkazilishi haqida xabardor qilamiz.

KUN TARTIBI:

1. “Buxoroneftgazparmalash ” AJ aksiyadorlar umumiy yig´ilishining sanoq komissiyasi shaxsiy va miqdoriy tarkibini tasdiqlash.
2. “Buxoroneftgazparmalash” AJ aksiyadorlar umumiy yig´ilishining reglamentini tasdiqlash.
3. “Buxoroneftgazparmalash” AJning Kuzatuv kengashining 2018 yil yakuni bo´yicha xisobotini tasdiqlash.
4. “Buxoroneftgazparmalash” AJning direktorining 2018 yil yakunlari bo´yicha Biznes- reja ko´rsatkichlari bajarilishi va SMK, SYK va ularning bajarilishi foizlarining xisoblangan miqdorini tekshirish bo´yicha xisobotini tasdiqlash.
5. “Buxoroneftgazparmalash” AJ direktoriga to´lanadigan xaq va (yoki) kompensatsiyalarning eng yuqori miqdorlarini tasdiqlash.
6. “Buxoroneftgazparmalash” AJning 2018 yil moliyaviy xo´jalik faoliyati yakunlari bo´yicha taftish komissiyasi o´tqazgan tekshirish natijalari bo´yicha xulosasini tasdiqlash.
7. “Buxoroneftgazparmalash” AJning 2018 yil moliyaviy xo´jalik faoliyati yakunlari bo´yicha tashqi auditori tomonidan o´tkazilgan tekshirish natijalari bo´yicha xulosasini tasdiqlash.
8. “Buxoroneftgazparmalash” AJning 2018 yil yakunlari bo´yicha korporativ boshqaruv tizimini baxolash bo´yicha mustaqil tashkilotining xulosasini ko´rib chiqish.
9. “Buxoroneftgazparmalash” AJning 2018 yil uchun yillik xisobotini tasdiqlash.
10. “Buxoroneftgazparmalash” AJning 2018 yil yakuni bo´yicha olingan sof foydasini taqsimlash, dividend qiymati, shakli va ularni to´lash tartibini tasdiqlash.
11. “Buxoroneftgazparmalash” AJning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
12. “Buxoroneftgazparmalash” AJning yangi taxrirda Ustavini, va “Buxoroneftgazparmalash” AJning aksionerlar umumiy yigilishi tugrisida”, “Buxoroneftgazparmalash” AJning kuzatuv kengashi tugrisida”, “Buxoroneftgazparmalash” AJning ichki audit xizmati tugrisida” nizоmlarini yangi taxrirda tasdiqlash.
13. “Buxoroneftgazparmalash” AJ ning kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi a´zolarini 2019 (xisobot) yili uchun saylash.

Navbatdagi (yillik) umumiy yig´ilishi o´tqazish to´g´risida xabardor qilish uchun aksiyadorlar reestri 28.05.2019 yil xolatida va aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig´ilishida qatnashish xuquqiga ega jamiyat aksidorlarining reestri 21.06.2019 yil xolatida shakllantiriladi.

Aksiyadorlarga taqdim etiladigan axborot (materiallar) ro´yxati quydagicha:
1. Jamiyatning yillik xisoboti;
2. Jamiyatning 2018 yilgi moliyaviy xo´jalik faoliyati yakunlari bo´yicha tashqi auditorini va jamiyat taftish komissiyasi tomonidan o´tqazilgan tekshirish bo´yicha xulosalari;
3. “Buxoroneftgazparmalash ” AJning direktoriga 2019 yilda to´lanadigan xaq va (yoki) kompensatsiyalarning eng yuqori miqdorlari to´g´risida ma´lumot;
4. Jamiyatning 2018 yilgi korporativ boshqaruv tizimini baxolash «AUDIT-HISOB MARKAZI» MCHJ auditori xulosasi;
5. Jamiyatning kuzatuv kengashi a´zolari xamda taftish komissiya nomzodlar to´g´risida ma´lumotlar;
6. Jamiyatning 2018 yilgi sof foydasini taqsimlash, dividend miqdori va tulash shakli ma´lumot.

Ro´yxatga olish soat 13.00 da boshlanadi. Aksiyadorlar o´zi bilan birga pasport yoki boshqa shaxsini tasdiqlovchi xujjati bo´lishi.
Aksiyadorlarning vakillarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma va pasport bo´lishi.

“Buxoroneftgazparmalash” AJ Kuzatuv kengashi.

Jamiyatning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), аloqa raqamlari,
electron pochta va rasmiy web sayt manzili – “Buxoroneftgazparmalash” AJ ,
Buxoro viloyati, Qorovulbozor tuman, Buyuk Ipak Yo´li ko´chasi, 4-uy,
telefon/faks: 365-364-17-96, 365-364-16-02 (+998-93) 960-71-79,
E-mail: buhoro-ngp@mail.ru, web-sayt: www.bngp.uz.